Yangiliklar

26.12.2023

12-dekabr kuni Toshkentda «Truck Asia Leasing» Mijozi kuni o‘tkazildi.

Tadbirda yirik korporativ mijozlar va “Truck Asia Leasing” texnikasining iste’molchilari hamda tovar o‘tkazuvchi tarmoq vakillari qatnashdi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston bozori uchun dolzarb bo‘lgan avtomobillar va modellar qatorining yangi mahsulotlari namoyish etildi:

• O‘t o‘chirish mashinasi va KAMAZ-43118 shassisida yuruvchi vaxta avtobusi
• KAMAZ-43253 shassisida yuruvchi 9-kubli chiqindi tashuvchi avtomobil
• «Restayling 2» kabinasiga ega va yuk ko‘tarish qobiliyati 33 t bo‘lgan KAMAZ-65201 to‘rt o‘qli samosvali
• KAMAZ-54901 – K5 avlodiga mansub flagman avtomobili

Taqdimot davomida mehmonlar kompaniya rejalari, “Truck Asia Leasing” kompaniyasining avtomobillari va maxsus texnikasi, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va texnik xarakteristikalari bilan tanishdilar. Shuningdek, davra suhbati tashkil qilinib, unda ishtirokchilar tijorat va texnik mutaxassislar hamda lizing kompaniyasining vakillari bilan muloqot qildilar.

2024 © СП ООО «TRUCK ASIA LEASING»

Войти